Oʻzbekiston delegatsiyasining Vengriya davlatiga tashrifi doirasida joriy yilning 1-mart kuni Budapesht shahrida mamlakatimiz delegatsiyasi bilan Vengriya Milliy Assambleyasi deputatlari, xorijiy ekspert, tahliliy doiralar va OAV vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz maʼruzasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va uning mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlardagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Muloqot davomida davra suhbati ishtirokchilariga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Strategiyaning eng muhim chora-tadbirlarini oʻzida aks ettirgan risola va nashrlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirda Vengriya tomoniga Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, ayollarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardagi rolini oshirish, davlat xizmatlarini koʻrsatish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berildi. Oʻz navbatida, vengriyalik hamkorlar mamlakatimizda kuzatilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi hamda oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni jadallashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati