Joriy yilning 6-mart kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda NNTlarning roli va oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Parlament aʼzolari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” ekspertlari “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalar boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalishlar kesimida ishtirokchilarga maʼlumotlar berishdi.
2024-yilgi Davlat dasturida “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, bu yilgi davlat dasturida nodavlat notijorat tashkilotlariga belgilangan vazifalar haqida soʻz bordi. Jumladan, joriy yilning 1-dekabridan boshlab yolgʻiz yashayotgan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablagʻlari hisobidan tegishli yoʻnalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari davlat dasturiga koʻra qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishning yangicha tartibi joriy etiladi.
Yana bir muhim jihati, bu yil “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatiga Davlat dasturining amalga oshirilishini, xususan, joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganib borish vazifasi ham yuklatilganligi keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazildi.
Davra suhbati davomida davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida monitoring ishlarini olib borish va bu borada davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar bilan yaqin hamkorlik qilish masalalari haqida soʻz bordi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati