Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 4-6-mart kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Belgiyaning Bryussel shahrida tashrif bilan boʻldi. Tashrif doirasida Yevropa Ittifoqining (YI) asosiy boshqaruv organlari – Yevropa Parlamenti hamda Yevropa Komissiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Jumladan, Oʻzbekiston delegatsiyasining Yevroparlament vitse-prezidenti Jan-Kristofer Eytyen va boshqa deputatlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarida Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, parlament vakolatlarini kengaytirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Qolaversa, Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi munosabatlarining mustahkamlanishida parlamentlararo hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasining Yevrokomissiya vitse-prezidenti Margaritis Sxinas hamda Yevropa Ittifoqi komissarlari Iliana Ivanova va Oliver Varxeliy bilan muzokaralarida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yevropa tomoni Oʻzbekiston rahbariyatiga YI bilan oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdi. YI Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi strategik muhim davlat sifatida koʻrishi, uning siyosati Yevropa Ittifoqining mintaqa bilan munosabatlarining barcha koʻlamini yaxshilashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, YI va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo va sarmoya, transport, energetika, madaniy-gumanitar aloqalar, shuningdek, harakatchanlik va odamlar oʻrtasidagi aloqalar sohalarida oʻzaro hamkorlikni faollashtirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati