Bugun Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda ularning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, deputatlar, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, “Yuksalish” harakati Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi masʼullari, shuningdek, onlayn va oflayn tarzda viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlar, OAV hamda keng jamoatchilik vakillaridan iborat jami 300 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – xalq strategiyasi” onlayn portalining taqdimoti oʻtkazilib, yigʻilganlarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yil Davlat dasturining maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarning mazmun-mohiyati yetkazildi. Shundan soʻng, Hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar va ularning bajarilishi holati hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan muhokamalar ochiq savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi.
Tadbir soʻngida 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarida oʻz taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etgan yurtdoshlarimizga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining tashakkurnomalari topshirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati