Toshkent davlat agrar universitetida “Jamoatchilik va ekologik nazoratini amalga oshirishda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining roli va vazifalari” mavzusida seminar oʻtkazildi. Unda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari, mahalla raislari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Seminar ishtirokchilarning jamoatchilik ekologik nazorati boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshliqlari Avazbek Xalbekov va Anvarjon Mirkamilov “Mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan ekologik nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va tahlil qilish natijalari” mavzusida maʼruza qilishdi.
Ekspertlar joriy yilning mart-aprel oylarida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Demokratiya va inson huquqlari instituti tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat ekologik nazorati boʻyicha aholining fikrlari va qarashlarini oʻrganish maqsadida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari haqida maʼlumot berishdi.
Shu bilan birga, seminar davomida tadqiqot natijalari asosidagi xulosalar va ekologik bilimlarni oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalarga toʻxtalib oʻtildi. Xususan, maktablar va oliy taʼlim muassasalarida ekologik taʼlim dasturlarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda aholi uchun seminar va treninglar tashkil etish, shuningdek, ekologik qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda fuqarolarning ekologik-huquqiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha soʻz yuritildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati