• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

TURKIYANING BALIKESIR UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK KENGAYTIRILADI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov Balikesir Universiteti rektori, professor Dr. Yücel Oğurlu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Eldor Tulyakov Balikesir Universiteti rektorini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, shuningdek, Markazning bugungi faoliyati bilan tanishtirdi.

Oʻz navbatida, Yücel Oğurlu Oʻzbekistondagi siyosiy jarayonlar va soʻnggi yillardagi oʻzgarishlarni alohida qiziqish bilan kuzatib borishini hamda mamlakatga boʻladigan har bir tashrifi samarali oʻtayotganini taʼkidladi.

Shu nuqtayi nazardan, tashrif chogʻida Balikesir universiteti Oʻzbekistonning bir qator tashkilotlari, “aql markazlari”, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasini kengaytirish, xususan, oʻzaro yangi qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish, birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish hamda xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish kabi masalalarda kelishuvlarga erishganligini maʼlum qildi.

Ayni paytda Balikesir Universiteti rektori, professor Dr. Yücel Oğurlu Eldor Tulyakovni bu yil Turkiyada boʻlib oʻtadigan navbatdagi Xalqaro maʼmuriy huquq simpoziumiga taklif qildi.

Muloqot davomida har ikki tomon hamkorlikni yanada rivojlantirish va tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat