2024-yilning 29-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar siyosatiga oid belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot qildi. Belgilangan vazifalar yigʻilganlarda katta taassurot uygʻotdi, shu bois yoshlar bilan mazkur masalalarda muhokama oʻtkazildi, ularning munosabati oʻrganildi.
Shuningdek, muloqot jarayonida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari haqida soʻz bordi, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati