• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

MARKAZDA XITOYNING SINXUA INSTITUTI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Joriy yilning 11-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xitoy Xalq Respublikasining Sinxua instituti direktori oʻrinbosari Tsui Feng rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov Xitoy delegatsiyasi aʼzolarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, bevosita Markaz faoliyati, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Muloqot jarayonida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Sinxua instituti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlari hamda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Sinxua instituti rahbariyati “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, xususan, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning oʻziga xos jihatlari, islohotlar jarayonidagi samarali tajribalarini oʻrganish, nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish hamda xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish borasida oʻz takliflarini bildirdi.

Yakunda tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati