Belarus Respublikasi Yuristlar uyushmasi tomonidan “Oʻzbekiston bilan biznes: savdo, sarmoya, nizolarni hal etish. Huquqiy va amaliy maslahat” mavzusida biznes-seminar oʻtkazildi. Seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov maʼruza bilan ishtirok etdi.
Biznes-seminarda jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston bozorida savdo, investitsiya va nizolarni hal etishning dolzarb mavzulari muhokama qilinib, xorijiy kompaniyalar uchun mamlakatimizda biznes yuritishning huquqiy va amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz nutqida Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarishning bugungi holati haqida soʻz yuritdi. Jumladan, Belarus Respublikasi Prezidentining 2024-yil fevral oyidagi davlatimizga tashrifi chogʻida imzolangan ilmiy-ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, sport, madaniyat, sanʼat, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim va protokollarning ahamiyatiga toʻxtaldi.
Shuningdek, Markaz rahbari “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadigan bir qancha asosiy yoʻnalishlar boʻyicha gapirdi.
Xususan, qishloq xoʻjaligi texnikasi, toʻqimachilik va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalarni rivojlantirish, energetika sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, soha infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shuningdek, fan va texnologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma ilmiy markazlar va laboratoriyalar, taʼlim dasturlari va muassasalarini yaratish kabi qator soha va yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini beruvchi aniq maqsadlar belgilanganligini taʼkidlab oʻtdi.
“Oʻzbekistonning strategik maqsadlarini hisobga olgan holda, Belarus Respublikasi bilan mazkur sohalardagi faol hamkorlik “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish va ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga sezilarli hissa qoʻshadi” – dedi Eldor Tulyakov.
Seminar davomida ishtirokchilarga biznes madaniyatini oʻrganish va shaxsiy aloqalarni oʻrnatish, ish yuritishda moslashuvchanlik, bitimlar tuzishda rejalashtirish va risklarni baholash boʻyicha umumiy amaliy tavsiyalar berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati