“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi muhokamasi yuzasidan oʻtkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik markaziy apparati hamda videokonferensaloqa orqali uning tizimosti tashkilot, korxona, muassasa va aksiyadorlik jamiyatlarining jami 6 ming nafardan ortiq xodimlari ishtirok etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazining Iqtisodiy sohadagi islohotlarni monitoring va tahlil qilish boʻlimi boshligʻi Furqat Yunusov yigʻilganlarga “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va uni “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar, bevosita vazirlik-idoralar, jumladan Kon-geologiya vazirligi amalga oshiradigan chora-tadbirlar xususida taqdimot qildi.
Xususan, Strategiyada 2030-yilgacha mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish, sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish boʻyicha belgilangan maqsadlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasiga oid koʻzda tutilgan vazifalar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni vazirlik tizimi jamoasi oʻrtasida yanada kengroq targʻibot maqsadida mazkur hujjatlarning amalga oshirilishini oʻrganishga oid soʻrovnoma oʻtkazildi.
Shuningdek, tizim xodimlari “uzbekistan2030.uz” platformasi xususida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati