Xabar berib borayotganimizdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ishtirokida qator vazirlik, idora va tashkilotlarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi muhokamasiga oid tadbirlar oʻtkazilmoqda. Shu mazmundagi uchrashuvlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tashkil etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, yigʻilganlarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda Davlat dasturining ustuvor yoʻnalish va maqsadlari boʻyicha kengroq maʼlumot berdi. Markaz rahbari oʻz nutqida 2030-yilgacha hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish maqsadlari doirasida belgilangan vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, Strategiyada urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish, Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, hududlarda 1 million xonadonli uy-joylar qurish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazib, qoʻshimcha 200 mingta oilaga moʻljallangan uylar qurish, respublikada kamida 140 ming oila uchun ijtimoiy uylar barpo etish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, joylarda muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishini inobatga olgan holda qurish, rivojlangan davlatlarning bino-inshootlar boʻyicha qurilish xavfsizligi meʼyorlari asosida yangi standartlarni joriy qilish, qurilishda montaj ishlarini baholash, tekshirish va qabul qilish tizimiga xususiy sektorni keng jalb qilish, sohada oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqib, yiliga 20 ming nafar professional usta tayyorlash vazifalari belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi zimmasiga 2024-yilgi Davlat dasturi doirasida 41 ta aniq topshiriq va vazifa yuklatilgan. Tadbir davomida ushbu vazifalar ijrosi ustidan olib borilayotgan monitoring natijalari tahlil qilinib, yil yakunigacha belgilangan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati