Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov ishtirok etib, shaxsiy tarkibga Strategiya va undan oʻrin olgan ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, Markaz eksperti 5 ta ustuvor yoʻnalish va 100 ta muhim maqsadni oʻz ichiga olgan Strategiya barqaror iqtisodiy oʻsish orqali mamlakatni daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olishi, xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatimiz suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash uchun xizmat qilishini taʼkidladi.
Tadbir davomida strategiyadagi maqsad va koʻrsatkichlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrganish maqsadida ishga tushirilgan maxsus onlayn portal – “uzbekistan2030.uz” haqida ham maʼlumot taqdim qilindi.
Taʼkidlanganidek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan yuritiladigan ushbu platforma orqali aholi Strategiya va Davlat dasturlarining ijrosi, shuningdek, har bir maqsad va koʻrsatkichlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega. Oʻz navbatida, Markaz xodimlari barcha taklif va tashabbuslarni umumlashtirib har oyda Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi.
Muloqot yakunida ishtirokchilar “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va uning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati