Belgiyaning poytaxti Bryussel shahrida joylashgan Yevropadagi yirik axborot platformalaridan biri boʻlgan “Euractiv”da Oʻzbekistondagi boʻlajak parlament saylovlariga tayyorgarlik, Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan panel sessiyalar tashkil etildi.
Panel sessiyalarning dastlabkisi “2024-yilgi Parlament saylovlari – demokratik kelajak sari yoʻlda” mavzusida boʻlib oʻtdi. Munozaralarda Yevrokomissiya, Yevropa tashqi harakatlar xizmati, mintaqaning siyosiy va biznes doiralari, tahliliy markazlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, oʻzbekistonlik siyosatchilar hamda fuqarolik jamiyati instituti vakillari qatnashdi.
Jumladan, mazkur panel sessiyada “Taraqqiyot strategiyasi” ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, Oʻzbekistondagi demokratik islohotlar, saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar va fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Xususan, Markaz rahbari soʻnggi 6-7 yil ichida Oʻzbekistonda siyosiy islohotlarga jamoatchilikni jalb qilish mexanizmlari joriy etilib, “Xalq bilan muloqot” tamoyili asosida ish olib borilayotganligi, natijada islohotlarni amalga oshirishda fuqarolar faolligi ortib borayotganligini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, spikerlar munozaralarda bu yilgi Parlament saylovi nomzodlar uchun teng sharoitda va yangilangan Konstitutsiyada belgilangan meʼyorlar, milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda oʻtkazilayotganiga eʼtibor qaratdi. Saylovoldi targʻibot-tashviqot davrida Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va gʻoyalari haqida ham axborot berildi.
Yana bir panel muhokamasi Oʻzbekiston va Yevroittifoq oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollariga bagʻishlandi. Soʻnggi yillarda mintaqa davlatlari yetakchilarining yurtimizga rasmiy tashriflari muntazamlik kasb etgani, munosabatlarni yanada rivojlantirishga doir salmoqli hujjatlar imzolangani hamda oʻzaro aloqalardagi ijobiy dinamika tilga olindi. Shuningdek, xorijlik ekspertlar Yevroittifoq va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib toʻxtalib oʻtishdi.
Ditmar Krissler – Yevropa tashqi harakatlar xizmati Markaziy Osiyo boʻlimi rahbari:
– Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilish – Yevropa Ittifoqining strategik maqsadi. Buning uchun oxirgi yillarda koʻp tashkiliy asoslar yaratildi, muhokamalar oʻtkazildi. Ushbu hamkorlik savdo, investitsiya, transport, raqamlashtirish, taʼlim va boshqa sohalarni oʻz ichiga qamrab olgan boʻlib, hozirgi geosiyosiy chaqiruvlar fonida biz yanada yaqinroq hamkorlik qilishimiz maqsadga muvofiq deb oʻylayman.
Fabien Bossyu – Xalqaro va Yevropa tadqiqotlari boʻyicha Gent institutining professori, doktor:
– Ekspert sifatida bu sohada ancha yillardan beri ishlab kelmoqdaman. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo boʻyicha koʻplab tadqiqotlar oʻtkazdim. Oʻn besh yil oldin Toshkentga birinchi marta borganman, yaqinda yana Oʻzbekistonda bordim. U yerda ulkan yangilanishlarga guvoh boʻldim. Butun mamlakat, ayniqsa, Toshkentdagi oʻzgarishlar hayratlanarli. Ochigʻi akademik sifatida emas oddiy inson sifatida ham Oʻzbekiston qanchalik rivojlangani meni hayron qoldirdi. 2008-yildan buyon oʻtgan davr ichida Oʻzbekiston mutlaqo yangi qiyofaga kirgani shaxsan menda katta taassurot qoldirdi. Oʻzgarishlar davlatning tashqi siyosatida ham aks etayotgani diqqatga sazovor. Oxirgi yillarda Oʻzbekiston haqiqatdan dunyoga ochildi va oʻzining ulkan salohiyatidan samarali foydalana boshladi. Katta islohotlarga yoʻnaltirilgan bu siyosat ortga qaytmas ekani bugun yaqqol tasdigʻini topmoqda va mamlakat izchil rivojlanishda davom etishi aniq.
Munozaralarda Yevroittifoq va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlib, mintaqada barqarorlik va farovonlikka munosib hissa qoʻshishi taʼkidlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati