Demokratik jamiyatda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, fuqarolarning fikrlarini oʻrganish va ular bilan maslahatlashishga alohida eʼtibor qaratilib, islohotlar shu asosda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qonunlar qabul qilish va muhim tashabbuslarni ilgari surish jarayonlarida fuqarolarning faol ishtiroki yaqqol koʻzga tashlanmoqda.
Saylovlar esa xalqning davlat boshqaruvidagi ishtiroki taʼminlanadigan asosiy mexanizmlardan biridir. Saylov orqali fuqarolar oʻz fikrlarini erkin ifoda etish, konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Demokratiyaning asosiy talablaridan biri ham aynan saylovlardagi fuqarolar ishtiroki boʻlib, ular orqali mamlakatning kelajagini belgilaydigan shaxslarni tanlash imkoniyati tugʻiladi.
Soʻnggi Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida deputatlik maqomi, vakolatlari va taʼsir doirasi oshirildi, bu esa deputatlikka saylanishni yanada jozibador qildi. Shuningdek, joriy etilgan aralash saylov tizimi partiyalar oʻrtasidagi raqobatni kuchaytirib, demokratiya asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu tizim har bir partiyaning turli qatlamlar manfaatlarini ifodalaydigan nomzodlarni ilgari surishiga yordam beradi.
Inklyuzivlik orqali jamiyatning keng qatlamlarini qamrab olish va ularning manfaatlarini himoya qilishga erishiladi. Bunday jarayonlar demokratik jamiyat qurishda va aholi manfaatlarini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.
2024-yilgi saylovlar Oʻzbekiston uchun demokratik yutuqlarni mustahkamlash, siyosiy tizimni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilgan yangi qadamdir. Ushbu saylovlar mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlab, Oʻzbekistonning kelgusi taraqqiyotiga keng yoʻl ochishi kutilmoqda. Shu bois, barchamizni saylovlarda faol ishtirok etishga, oʻzimiz maʼqul koʻrgan nomzodga ovoz berishga chorlayman.
Eldor Tulyakov,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
ijrochi direktori