Joriy yil 3-dekabr kuni Toshkentda “Inson huquqlari uyi”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu maskan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy markazining axborot-resurs markazi negizida oʻz faoliyatini boshladi.
Tantanali tadbirda faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targʻib qilish bilan bogʻliq boʻlgan xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar vakillari, Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirni mamlakatimizning 14 ta viloyatidagi Axborot-resurs markazlarida kutubxonachilar va soha fidoyilari onlayn kuzatib bordi.
Qutlov uchun Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayevlar soʻzga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi maʼrifat markazining ochilishi mamlakatimiz inson huquqlarini himoya qilish tizimi taraqqiyoti yoʻlida muhim qadam ekanligini taʼkidlashdi.
Shuningdek, tadbirda xalqaro hamkorlar, diplomatik korpus vakillari, mamlakatimizning akademik hamjamiyati hamda fuqarolik jamiyati instituti vakillariga ham soʻz berildi. Ular barchani samimiy tabriklab, mazkur maskanni mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida erishilayotgan yutuqlarning davomi sifatida eʼtirof etishdi.
Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz nutqida oʻz faoliyatini boshlagan “Inson huquqlari uyi” inson huquqlari boʻyicha taʼlim va tadqiqotlar uchun zamonaviy maydon, innovatsion yondashuvlar asosida sohadagi yangi tashabbuslar rivojlantirilishiga zamin boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
“Inson huquqlari uyi”ning ochilishi nafaqat inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi saʼy-harakatlarimiz, balki “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va yangilangan Konstitutsiyamiz asosidagi maqsadlarni roʻyobga chiqarish yoʻlidagi muhim qadamdir.
Endilikda ushbu maskan raqamli platformalar orqali huquqiy axborot tarqatish, huquqlarni himoya qilish borasida innovatsion yechimlarni joriy etishda yana bir muhim maydon boʻladi. Shu orqali yoshlar va jamiyatning keng qatlamlari inson huquqlariga oid bilimlar bilan taʼminlanadi, deb ishonamiz.
Oʻz navbatida, “Inson huquqlari uyi” — nafaqat huquq himoyachilarining, balki butun jamiyatimiz faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydigan markaz sifatida inson huquqlari sohasidagi faoliyatimizni yangi bosqichga koʻtaradi”, — dedi Eldor Tulyakov.
Darhaqiqat, “Inson huquqlari uyi” – inson huquqlari boʻyicha faoliyatni kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan ixtisoslashtirilgan platforma boʻlib, bu yerda inson huquqlari boʻyicha xalqaro va milliy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, sharhlar va tahliliy hisobotlarning zamonaviy kutubxonasi yaratilgan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati