Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoniga munosib koʻrildi. Ushbu mukofot bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham taqdirlandi.
Mazkur koʻkrak nishoni 5-dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda tantanali ravishda oʻz egalariga topshirildi.
Maʼlumki, “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan boʻlib, 2019-yildan beri huquqiy targʻibot ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan yurtdoshlarimiz taqdirlab kelinmoqda.
Markaz jamoasi Eldor Tulyakovni ushbu yuksak eʼtirof bilan samimiy qutlab, oilaviy xotirjamlik, mustahkam sogʻlik, kelgusidagi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar hamrohligini tilab qoladi.
“Taraqqiyot strategiyasi”
markazi jamoasi