Oʻzbekiston tahliliy markazlari delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida Parij shahrida yevropalik hamkorlar bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, mamlakatimiz vakillari Fransiya Milliy Assambleyasi Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi Bruno Fuks bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida Fransiya parlamenti aʼzolari Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda olib borilayotgan islohotlar hamda mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari bilan tanishtirildi.
Oʻz navbatida Fransiya tomoni Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, parlament vakolatlarini kengaytirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida erishilayotgan yutuqlar va ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholab, hamkor sifatida bu yoʻlda Oʻzbekistonni hamisha qoʻllab-quvvatlashini mamnuniyat bilan maʼlum qilishdi.
Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Fransiya parlamentlararo aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilinib, tomonlar oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va oʻzaro faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati