Joriy yilning 13-14-dekabr kunlari Istanbul shahrida Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan to‘rtinchi bor Xalqaro strategik kommunikatsiya forumi – Stratcom Summit24 o‘tkazildi. Turkiyaning eng katta aloqa sammiti bo‘lgan mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish qismida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ishtirokchilarga murojaat yo‘lladi. Shuningdek, sammitda Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz, Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Faxretdin Altun ishtirok etdi.
Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Faxretdin Altun o‘zining kirish so‘zida Stratcom Summit24 doirasida ko‘rib chiqiladigan global masalalar ahamiyati va maqsadlari haqida gapirdi.
“Biz hammamiz ko‘rib turibmizki, sunʼiy intellekt va yangi texnologiyalar kommunikatsiya sohasida inqilobiy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq, bu o‘zgarish faqat ijobiy jihatlari bilan kelmayapti. Ushbu o‘zgarishning, shuningdek, eʼtibor berilishi kerak bo‘lgan juda muhim xavflari ham mavjud. Biz Stratcom Summit24 doirasida dunyoning turli davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan birgalikda bu imkoniyatlar va xavflarni, sunʼiy intellekt texnologiyalarini insoniyatga foyda keltiradigan tarzda qanday shakllantirishimiz kerakligi kabi masalalarni muhokama qilamiz” – dedi Faxretdin Altun.
Darhaqiqat, “Kommunikatsiyada sunʼiy intellekt: tendensiyalar, tuzoqlar va o‘zgarishlar” mavzusiga bag‘ishlangan sammit xalqaro aloqaning yetakchi shaxslarini sunʼiy intellekt bilan birgalikda kommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlarni muhokama qilish uchun yagona platformada jamladi.
Jumladan, xalqaro strategik kommunikatsiyalar forumida dunyoning 30 mamlakatidan yetakchi davlat va xususiy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va tahlil markazlaridan 64 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, 8 ta panel, 4 ta maʼruza va 6 ta individual sessiyalarda 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.
Stratcom Summit24 doirasida kommunikatsiya sohasidagi sunʼiy intellektning o‘zgartiruvchi taʼsiriga eʼtibor qaratilib, ommaviy kommunikatsiya, yangi aloqa strategiyalari, jurnalistika, raqamli media va diplomatiya, dezinformatsiyaga qarshi kurash va inqirozni boshqarish, raqamli axloq va kiberxavfsizlik kabi turli dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro tadbirning birinchi kunida “Milliy strategiyada sunʼiy intellekt: raqamli transformatsiya va strategiya”, “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sunʼiy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar”, “Sunʼiy intellekt davrida raqamli shaffoflik: maʼlumotlar xavfsizligi orqali jamoatchilik manfaatlarini taʼminlash”, “Xalqaro strategik aloqada sunʼiy intellekt: Global hamkorliklar va huquqiy tartibga solish” mavzularida panel sessiyalar tashkil etildi.
Jumladan, sammitning “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sunʼiy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” panel sessiyasiga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov moderatorlik qildi.
Mazkur sessiyada, shuningdek, Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasining dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi koordinatori Idris Kardash, Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish agentligi direktori Ahmet Ismaylov, BMT Jakarta ofisi axborot markazi direktori Miklos Gaspar, Serbiya Jamoatchilik axboroti davlat kotibi Milosh Garich va NE Global xalqaro axborot tashkilotining Yevropa Ittifoqi va Italiya siyosiy masalalari bo‘yicha bosh muharriri Federiko Grandesso ishtirok etdi.
Ekspertlar sunʼiy intellekt yordamida yolg‘on axborotlarga qarshi kurashishning yangi usullari va dezinformatsiyadan himoyalanish bo‘yicha dunyo tajribasini ko‘rib chiqishdi, shuningdek, o‘z davlatlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berishdi.
Muhokamalar jarayonida taʼkidlanganidek, butun dunyo axborot isteʼmolchisiga aylangan bir paytda dezinformatsiyaning avj olishi davlatlarning obro‘siga putur yetkazib, xalqaro munosabatlarda o‘sishga to‘sqinlik qilmoqda va jahonda turli darajadagi nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lyapti. Bugungi kunda sunʼiy intellektning rivojlanishi esa yolg‘on va haqiqat o‘rtasidagi farqni aniqlashni yana-da qiyinlashtirmoqda.
Sessiyada dezinformatsiyaga qarshi kurashda muntazam ravishda davlat xizmatchilarining media savodxonligini, sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mahoratini oshirib borish, milliy va xalqaro qonunchilikni takomillashtirish kerakligi va bu yo‘lda barcha saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligi taʼkidlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati