“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz veb-saytiga joylashtirildi.
Davlat dasturi loyihasi aholi tanishib chiqishi uchun qulay va ixcham shaklda tayyorlangan boʻlib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Bunda, loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar ham nazarda tutilgan.
Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting!
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati