Favqulodda vaziyatlar vazirligida 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi. Unda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov tomonidan Davlat dasturi loyihasi taqdimoti oʻtkazildi.
Markaz eksperti ishtirokchilarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasida belgilanayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlandiki, bu yil Davlat dasturi loyihasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Loyihada ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida joriy yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar koʻzda tutilgan boʻlib, atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Xususan, hujjat loyihasida atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida mahallalarning ekologik qiyofasi yaxshilash, “Soyali sayr koʻchalari” tarmogʻini yaratish, sohil va daryo boʻylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sogʻlomlashtirish yoʻlaklari qurish, “Eko Ekspo” xalqaro koʻrgazmasini tashkil etish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga kamida 50 mln. dollar grant mablagʻlarini jalb qilish, “Yashil” texnikumlar faoliyati yoʻlga qoʻyish, xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻyida elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish kabi qator muhim vazifalarni belgilash koʻzda tutilgan.
Tadbir davomida har bir fuqaroning 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish boʻyicha taklif va tashabbuslarni bildirishda faol boʻlishlari maqsadga muvofiq ekanligi alohida taʼkidlandi.
Yakunda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha vazirlik xodimlari oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati