2025-yilning 15-yanvar kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori ofisi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasining xalqaro hamjamiyat bilan jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.
Davlat dasturi loyihasini takomillashtirish boʻyicha oʻtkazilgan mazkur jamoatchilik muhokamasida 200 nafardan ortiq ekspertlar, xususan Oliy Majlis Senati aʼzolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekistondagi xorijiy diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar, vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda BMT “oilasi”ga kiruvchi agentliklarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari va ekspertlari (UN, UNDP, UNICEF, UNESCO, FAO, UNFPA, UNODC, IOM, ILO, WHO, UNHCR, IFAD), Xalqaro qizil xoch qoʻmitasi, Jahon banki, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari hamda dunyoning turli chekkalaridan 70 dan ortiq xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Aytish kerakki, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan muhim hujjatlar, ayniqsa mamlakatimizning taraqqiyotiga bevosita daxldor hisoblangan strategik hujjatlar loyihalarini tayyorlashda keng jamoatchilik, shuningdek xorijiy ekspertlar va xalqaro jamoatchilikning fikr-mulohazalarini oʻrganishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati va unda belgilanayotgan ustuvor chora-tadbirlar hamda vazifalar haqida maʼlumot berish, “xalqaro ekspertiza”dan oʻtkazish, xususan xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari va konseptual taklif, tavsiyalarini olish orqali hujjatni yanada takomillashtirish maqsadida oʻtkazildi.
Muhokamalar jarayonida Davlat dasturi loyihasida belgilanayotgan chora-tadbirlar va vazifalar bugungi globallashuv jarayonida yangi Oʻzbekistonning xalq farovonligi, tinchligi, demokratiya va inson huquqlari kafolatini taʼminlaydigan erkin jamiyat va adolatli davlat qurishga qaratilgan konseptual hujjat ekanligi taʼkidlandi.
2025-yil Davlat dasturi loyihasida 295 ta amaliy chora-tadbirlar, 87 ta normativ-huquqiy hujjatlar, 269 ta maqsadli koʻrsatkichlar belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Maʼlumki, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi 2025-yil 8-yanvardan boshlab “Taraqqiyot strategiyasi” markazining maxsus www.uzbekistan2030.uz portaliga keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Ushbu portal orqali aholiga strategiya va Davlat dasturlarining ijrosi, shuningdek har bir maqsad va koʻrsatkichlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini qoldirish hamda takliflarini bildirish imkoniyati yaratilgan.
Tadbir soʻnggida, ushbu Farmon loyihasining bandlarida belgilanayotgan vazifalarni takomillashtirishda xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalari almashildi.
Tadbir davomida, 2025-yilga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasini jamoatchilik, shu jumladan, xalqaro hamjamiyat vakillari bilan muhokama qilish orqali uni takomillashtirish, xalqchilligini taʼminlash va hujjatning xalqaro standartlarga toʻliq mos kelishini taʼminlashga qaratilgani alohida taʼkidlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati