Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Muhokama avvalida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan Davlat dasturi loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. Unda Markaz rahbari tadbir ishtirokchilariga 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlandiki, bu yil Davlat dasturi loyihasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Hujjat loyihasida inson omiliga katta eʼtibor qaratilgan boʻlib, aholining salomatligini yaxshilash, “yashil” taraqqiyot va ekologik turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida joriy yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar koʻzda tutilgan.
Jamoatchilik muhokamasida ishtirok etgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari Davlat dasturi loyihasining beshta yoʻnalishida belgilanayotgan muhim vazifalar ahamiyati hamda ayni kunga qadar Markazning maxsus www.uzbekistan2030.uz portali hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali keng jamoatchilikdan kelib tushayotgan konseptual takliflar haqida maʼlumot berishdi.
Jamoatchilik muhokamasida qatnashgan Davlat boshqaruvi akademiyasining professor-oʻqituvchi va tinglovchilari, doktorant-tadqiqotchilar hamda mustaqil-izlanuvchilar hujjat loyihasi boʻyicha oʻzlarining qator taklif va tashabbuslarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati