“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan qator vazirlik, tashkilot va idoralar hamda taʼlim muassasalarida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda taʼlim muassasasi rahbariyati, pedagog-xodimlar hamda 150 nafarga yaqin oʻquvchilar ishtirok etdi. Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Anvarjon Mirkomilov mamlakat rivojlanishiga xizmat qiladigan muhim hujjat – “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining barcha ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan maqsad va vazifalar ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, Markaz eksperti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasida yoshlar siyosatiga oid, jumladan, taʼlim islohotlarini izchil davom ettirish hamda umumiy oʻrta taʼlim sifatini oshirish maqsadida belgilanayotgan vazifalarga eʼtibor qaratdi.
Taʼkidlanganidek, loyihaga koʻra alohida taʼlim ehtiyojiga ega oʻquvchilar bilan ishlaydigan oʻqituvchilarni sertifikatlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish, har bir tumanda (shaharda) inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktab faoliyati tashkil etish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassislar jalb etish, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida olis hududlardan qatnaydigan maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish, nodavlat umumtaʼlim tashkilotlar sonini 600 taga yetkazish kabi qator vazifalar nazarda tutilmoqda.
Yakunda oʻquvchilarning “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2025-yil Davlat dasturi loyihasi yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati