2025-yilgi Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlab Davlat Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov tomonidan Davlat dasturi loyihasi taqdimoti oʻtkazildi.
Markaz eksperti tadbirda qatnashgan Bojxona qoʻmitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi xodimlari hamda institutning professor-oʻqituvchilari va kursantlariga Davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar boʻyicha maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbirda jamoatchilik muhokamalari va mazkur jarayonning hujjatni takomillashtirishdagi ahamiyati haqida soʻz bordi. Taʼkidlandiki, 2025-yil uchun ishlab chiqilgan Davlat dasturi loyihasi bilan aholimiz “Taraqqiyot strategiyasi” markazining uzbekistan2030.uz onlayn platformasi orqali batafsil tanishib, fikr-mulohazalarini bildirishmoqda. Portalga kelib tushayotgan takliflar Markaz ekspertlari tomonidan tahlil qilinib, Respublika komissiyasiga taqdim etib borilmoqda.
Davlat dasturi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining parlament palatalarining birinchi yalpi majlislari, Hukumatni shakllantirish boʻyicha yigʻilishdagi tashabbuslar hamda “Oʻzbekiston- 2030” strategiyasida nazarda tutilgan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
2025-yil Davlat dasturi loyihasida 295 ta amaliy chora-tadbir, 87 ta normativ-huquqiy hujjat roʻyxati va 269 ta maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilgan. Shuningdek, hujjat bilan atrof-muhitni asrash yoʻnalishida vazirlik va idoralar tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar rejasi, atrof-muhitni asrash boʻyicha xalqaro hamkorlik yoʻnalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi hamda “Yashil turizm” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlanishi kutilmoqda.
Jamoatchilik muhokamasi yakunida Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari va kursantlari Davlat dasturi loyihasi boʻyicha oʻz taklif va tashabbuslarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati