• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

ITALIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUVDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Piergabriele Papadia de Bottini bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Italiya elchixonasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yuqori baholab, Italiyadagi yetakchi tashkilotlar bilan o‘rnatilgan aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Xususan, ilmiy va tahliliy sohalarda doimiy fikr almashish, qo‘shma nashrlar tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida o‘quv dasturlari va treninglar tashkil etish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Italiya ekspertlarini jalb qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda davra suhbatlari, konferensiyalar va ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va turli yo‘nalishlarda tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv muhitda o‘tib, kelgusida hamkorlik istiqbollarini doimiy ravishda muhokama qilishga kelishib olindi.

 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
 Axborot xizmati