Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning institut professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Eldor Tulyakov iqtisodiy oʻsish strategiyalari, bozor tendensiyalari va yosh tadbirkorlar uchun mamlakatda yaratilayotgan imkoniyatlar borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashib, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi oʻzgarishlar va bu jarayonda Markazning ishtiroki haqida gapirdi.
Jumladan, Markaz rahbari oʻz nutqida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi doirasida belgilangan muhim chora-tadbirlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, Strategiyada makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan taʼminlash, pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish, iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil olib borish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini taʼminlab, muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish, asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik oʻrtacha 7 foiz atrofida oʻsishini taʼminlash kabi qator vazifalar belgilangan.
Shuningdek, tadbir davomida joriy yilning 14-fevral kuni oʻtkazilgan davlat rahbarining yoshlar bilan muloqoti natijalari haqida maʼlumotlar berildi. Uchrashuvda talabalar olib borilayotgan islohotlar va mazkur jarayonda yoshlarning ishtirokiga oid oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
axborot xizmati