Ayni kunlarda Bryussel shahrida “Fuqarolik jamiyati haftaligi – 2025” xalqaro tadbirlari oʻtkazilmoqda. Ushbu xalqaro haftalik doirasida xorijiy hamkorlar bilan turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Yevropa Parlamenti vitse-prezidenti Younous Omarjee uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot chog‘ida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish hamda ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar demokratik ishtirokni kengaytirish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolik institutlarining samaradorligini yuksaltirish yo‘nalishida fikr almashdilar.
Shuningdek, Younous Omarjee O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirib, mamlakatimizga tashrif buyurish istagini bildirdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati