Oʻzbekiston delegatsiyasining Polshaga xizmat safari davomida Polsha investitsiyalar va savdo agentligi (PAIH)da mazkur tashkilotning Savdo departamenti direktori Mariya Lubian, loyiha menejeri Mikolay Tauber va boshqa mutaxassislar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda yaratilgan investitsiyaviy va tadbirkorlik muhiti, keng imkoniyatlar hamda ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Kelgusida Oʻzbekistonda PAIH vakolatxonasini ochish borasidagi ishlar jadallashtirilayotganligi taʼkidlab oʻtildi.
Zero, Oʻzbekistonda Agentlik vakolatxonasining ochilishi Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, mamlakatimiz mahsulotlarini Polsha orqali Yevropa bozorlariga olib kirish imkoniyatini oshirishga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, uchrashuvda Polsha tadbirkorlari orasida Oʻzbekistonda biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston mahsulotlarini, jumladan, hoʻl va quruq meva, choy, tekstil va milliy liboslarni Polshaga import qilish boʻyicha qiziqish yuqori ekanligi eʼtirof etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonning tarixiy va madaniy merosini Polshaning turli shaharlarida doimiy namoyish etib borish orqali sayyohlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish mumkinligi aytib oʻtildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bundan buyon ham oʻzaro manfaatli muloqot va hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati