2025-yil 21–23-may kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Polshaga xizmat safari doirasida mamlakatning tahlil markazlari va madaniyat sohasidagi tashkilotlar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazildi.
Xususan, Polsha Sharq tadqiqotlari markazi direktori oʻrinbosari Yustina Gotkovska va uning hamkasblari bilan boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi ustuvor vazifalar, tashqi siyosatdagi asosiy yoʻnalishlar, shu jumladan Polsha va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Y.Gotkovska oʻz soʻzida Oʻzbekistonning turizm sohasidagi saʼy-harakatlarini, sayyohlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholar ekan, mamlakatimizning tarixiy, meʼmoriy va madaniy merosi polshalik sayyohlarda katta qiziqish uygʻotganini, shu bois Oʻzbekiston brendi Polshada tobora ommalashib borayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari hamda Oʻzbekistonning faol tashqi siyosati yuzasidan fikr almashildi. Polsha tomoni, oʻz navbatida, Yevropa va Osiyoni bogʻlashda muhim koʻprik sifatida faol ishtirok etishi mumkinligi qayd etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati