• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

SENT-ENDRYUS UNIVERSITETI PROFESSORI FILIPPO KOSTA BURANELLI BILAN UCHRASHUV

Maʼlumki, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati davomida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, xususan, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar boʻyicha xalqaro va xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari hamda takliflarini oʻrganib boradi.

Joriy yilning 11-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning Buyuk Britaniyaning Sent-Endryus universiteti professori Filippo Kosta Buranelli bilan oʻtkazgan uchrashuvida ham asosiy eʼtibor shu kabi maqsadlarga qaratildi.

Muloqotda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Markaz faoliyati shuningdek, oʻzaro hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Jumladan, Strategiya doirasida Oʻzbekistonning 2030-yilgacha oʻz oldiga qoʻygan ustuvor maqsad va koʻrsatkichlari, belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritishda markazning oʻrni, shuningdek, mamlakatda belgilab olingan asosiy yoʻnalishlardagi islohotlar boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Yevropa mamlakatlari, jumladan Italiya va Buyuk Britaniya tahliliy, ilmiy-tadqiqot markazlari va OTM oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati