Oʻzbekiston bugungi kunda faol iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonini amalga oshirib kelmoqda. Bu esa xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Mamlakat xorij investitsiyalarini barqaror iqtisodiy oʻsish va taraqqiyotning muhim omili sifatida koʻrmoqda.
10 — 12-iyun kunlari boʻlib oʻtgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida umumiy qiymati 30,5 mlrd. AQSH dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolangani chet ellik sarmoyadorlarning Oʻzbekistonga boʻlgan ishonch va qiziqishining ortib borayotganiga yaqqol dalildir. Ushbu nufuzli forum nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlarida kuzatilayotgan yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini namoyon etuvchi nufuzli xalqaro maydon hamdir. Bu global investorlar uchun Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan salmoqli investitsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda qulay investitsiyaviy muhit yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Qisqacha aytganda, investitsiyaviy muhit tubdan yaxshilanmoqda. Jahon bankining 2024-yilgi hisobotiga koʻra Oʻzbekiston investitsiyaviy jozibadorlik boʻyicha mintaqadagi eng yuqori surʼatlarda oʻsib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Yangi Oʻzbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham oʻzining munosib aksini topyapti.
Har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan muvaffaqiyatlari tag-zamirida shu jamiyatda yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlarning bilimi, malakasi, tajribasi va salohiyati yotadi. Zero, inson kapitali mamlakatning ertangi kunini belgilab beruvchi eng muhim mezonlardan biridir.
Oʻzbekistonda inson kapitalidan samarali foydalanishga iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida qaralmoqda. Davlatimizning aholini oʻqitishi, uning salomatligini asrashi, ijtimoiy himoyani kafolatlashi borasidagi saʼy-harakatlari insonning nafaqat shaxs sifatida kamol topishi, balki mamlakatning yanada raqobatbardosh boʻlishida muhim ahamiyatga ega. Albatta, inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishiga ichki hamda tashqi omillar sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Ichki omillar insonning oʻzi bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, tashqi omillar boshqa subyektlarning inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirishga taʼsiri bilan aloqador.
Inson kapitaliga kiritilgan har qanday investitsiya yetarli darajada yuqori rentabellikka ega boʻlsagina u oʻzini oqlaydi. Shuning uchun inson kapitaliga investitsiya kiritish bilan bogʻliq investitsiya siyosatini amalga oshirishda bu boradagi tavakkalchiliklarni tahlil qilish va investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash dolzarb sanaladi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni namoyon qildi. Forum mamlakatning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, investorlar bilan muloqot oʻrnatish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi. Zero, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat — yangi Oʻzbekistonni barpo etmoqdamiz. Bu yoʻlda boshlagan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.
Umuman olganda, forumda imzolangan bitimlar, qabul qilingan qaror va loyihalar iqtisodiy taraqqiyot bilan birga oddiy fuqaro uchun ham manfaatlidir. Kelajakda quriladigan zavodlar, tashkil etiladigan korxonalar va logistika markazlari orqali oʻn minglab yangi ish oʻrinlarini yaratish mumkin. Bu ishsizlikni kamaytiradi va aholi daromadlarini oshiradi.
Eldor TULYAKOV,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
ijrochi direktori