Joriy yilning 22-iyun kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” axborot agentliklari forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur xalqaro forum Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti teleradiokompleksi mezbonligida Sinxua axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston va Tojikiston hamda Xitoy milliy axborot agentliklari vakilliklari ishtirok etdi.
Forumda Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ham qatnashdi. Tadbirda, asosiy eʼtibor Markaziy Osiyo va Xitoy axborot agentliklari oʻrtasidagi tajriba almashinuv hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Xususan, Markaziy Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik tarixini birgalikda targʻib qilish, oʻzaro gumanitar almashinuvlar va sivilizatsiyalarni oʻrganishga koʻmaklashish, media texnologiyalar sohasida innovatsiyalar va hamkorlikni ilgari surish, shuningdek, Xitoy hamda Markaziy Osiyo OAV va tahliliy markazlari hamkorligi borasida fikr-mulohazalar va tashabbuslar ilgari surildi.
Forumda soʻzga chiqqanlar tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining muhim oʻrin tutishi, mazkur forum esa media hamkorlarni bir joyga yigʻish va umumiy muammolarga yechim topishda katta ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy ommaviy axborot vositalari mintaqaviy tinchlik va taraqqiyot uchun qulay axborot muhitini yaratish maqsadida axborot almashish, yangiliklarni tarqatish hamda texnologik innovatsiyalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirishi muhimligiga urgʻu berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati