Joriy yilning 25-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Sinxua instituti rahbari Liu Gang boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Sinxua instituti vakillarini Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati hamda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki bilan tanishtirib oʻtdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Markaz rahbari aholining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan uzoq yillik muhim strategik hujjatlar va siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini taʼminlash, ularning bu boradagi taklif va fikr-mulohazalarini tizimli oʻrganib borish mexanizmlari borasida soʻz yuritdi.
Oʻz navbatida, Sinxua instituti rahbari Liu Gang mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va ijobiy oʻzgarishlarni eʼtirof etib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining barcha maqsadlariga toʻliq erishilishiga va mamlakatning har tomonlama yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Muloqot davomida Sinxua instituti va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi oʻrtasida barqaror aloqalar rivojlanib borayotgani alohida eʼtirof etildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, kambagʻallikka qarshi kurashish va Oʻzbekiston–Xitoy iqtisodiy hamkorligini kuchaytirish kabi sohalarda qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha takliflar ilgari surildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati