• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK OʻRNATISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qoʻmitasi huzuridagi Partiya tarixi va adabiyoti instituti departamenti direktori Li Ying boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Markaz faoliyati, shuningdek, oʻzaro hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Strategiya doirasida Oʻzbekistonning 2030-yilgacha oʻz oldiga qoʻygan ustuvor maqsad va koʻrsatkichlari, belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritishda markazning oʻrni, shuningdek, mamlakatda belgilab olingan asosiy yoʻnalishlardagi islohotlar haqida soʻz yuritdi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston-Xitoy madaniy merosi, tarixi, turizm sohasi hamda savdo-iqtisodiy va investitsiya muhitini yanada yaxshilash masalalari borasida ham fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati