2025-yilning 14-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston islohotlari: “Harakatlar strategiyasi”dan — “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi sari”mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Akademiya rahbariyati va professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatini Akademiya boshligʻi, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib berdi. U oʻz nutqida soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyalarini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlarni eʼtirof etdi.
Tadbirda soʻz olgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov 2017–2021-yillarda “Harakatlar strategiyasi” doirasida mamlakat taraqqiyotining huquqiy, institutsional va ijtimoiy-iqtisodiy poydevorini mustahkamlash yoʻlida amalga oshirilgan islohotlar, keyinchalik “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, shuningdek, bugungi kunda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mantiqiy davom etayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Zero, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi inson qadrini ulugʻlash, farovon jamiyat va kuchli davlat barpo etishga qaratilgan, mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim strategik hujjat hisoblanadi. Taʼkidlandiki, mazkur strategiyada 100 ta asosiy maqsad orqali barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish, aholini sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish, ekologik muvozanatni saqlash, qulay va xavfsiz hayot sharoitlarini yaratish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish va samaradorligini oshirish kabi ustuvor vazifalarni hal etish nazarda tutilgan.
Davra suhbati davomida harbiy xizmatchilar va kursantlar bilan muloqot oʻtkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Tadbir soʻnggida Akademiya rahbariyatiga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan eng muhim islohotlarni oʻzida aks ettirgan toʻplamlari taqdim etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati