Joriy yilning 23-25-iyul kunlari Xitoyning Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) media va tahlil markazlari sammiti boʻlib oʻtdi. Sinxua axborot agentligi, Sinxua instituti, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi va Xenan viloyati hukumati tomonidan tashkil etilgan nufuzli tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etdi.
Sammitda 30 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq tahlil markazlari, siyosiy doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, oʻzgarayotgan dunyoda SHHTning roli va birgalikdagi barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishdi.
Jumladan, Markaz rahbari Eldor Tulyakov “Oʻzbekiston – Xitoy strategik hamkorligi va SHHTning yanada oʻzaro bogʻliq dunyo barpo etishdagi oʻrni” mavzusidagi maʼruza bilan chiqish qildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori oʻz nutqida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi rivojlanib borayotgan strategik sheriklik munosabatlari, SHHT doirasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi, Xitoy va SHHTning global bogʻliqlik, savdo va barqaror rivojlanishni ilgari surishdagi oʻrniga eʼtibor qaratdi. Taʼkidlandiki, bugungi kunda kelib Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoriga aylandi. 2024-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi 12,4 milliard dollardan oshdi. Shu bilan birga, Xitoyning Oʻzbekistondagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari 10 milliard dollardan oshgan boʻlib, energetika, telekommunikatsiya, transport, konchilik, toʻqimachilik va raqamli infratuzilma kabi muhim tarmoqlarda 3 300 dan ziyod qoʻshma korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda ochiqlik, oʻzaro hurmat va pragmatizm asosida amalga oshirayotgan faol tashqi siyosati, mintaqadagi davlatlar bilan birodarlik va hamkorlik ruhidagi munosabatlarning yoʻlga qoʻyilishi hamda mamlakatning xalqaro maydonda masʼuliyatli va faol ishtirokchi sifatida yuksalishiga xizmat qilayotgan islohotlar xususida toʻxtalib oʻtildi.
Sammit doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari va tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy tashkilotlar hamda dunyoning yetakchi aql markazlari oʻrtasida amaliy natijalarga boy boʻlgan bir qator uchrashuv va muloqotlar oʻtkazilib, kelgusida oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati