Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasida “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Taqdimotda Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi, Shanxay chet tillar universiteti huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi, Fudan universiteti, Xalqaro muammolar instituti, Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi, Shanxay siyosiy fanlar va qonunchilik universiteti hamda Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti, Rossiya va Yevroosiyo instituti professor-oʻqituvchilari hamda ekspertlar ishtirok etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrosi direktori Eldor Tulyakov oʻz maʼruzasida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, asosiy maqsad va vazifalari haqida soʻz yuritdi. Jumladan, 2030-yilgacha mamlakatimizda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ijtimoiy sohani isloh qilish – taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholi farovonligini oshirish, yoshlar va ayollar uchun teng imkoniyatlarni yaratish, “yashil iqtisodiyot”, suv resurslarini oqilona boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlash, transchegaraviy hamkorlik hamda tashqi siyosatda muvozanatli yondashuvni shakllantirish borasida belgilangan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizning nafaqat ichki, balki tashqi siyosati yoʻnalishlarini belgilab beradigan, davlat taraqqiyotining ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlarini qamrab olgan hujjat sifatida eʼtirof etildi.
Taʼkidlandiki, Oʻzbekistonning daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga qoʻshilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini modernizatsiya qilish kabi yoʻnalishlardagi sayʼ-harakatlari xitoylik investorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Taqdimotdan soʻng “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi ijrochi dekani professor Yan Chen oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, xususan, qoʻshma tadqiqotlarni tashkil etish hamda mafaatli sohalarda hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi oʻrtasida qisqa muddatlarda hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumining loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati