2025-yilning 19-avgust kuni Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning oʻzbek tilida nashr etilgan “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash toʻgʻrisida” nomli kitobi taqdimoti hamda ushbu toʻplamga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar Xitoy Inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha jamiyati, Xitoy Xalq Respublikasining Adabiyotlarni xorijiy tillarda nashr etish va tarqatish ishlari boʻyicha boshqarmasi, XXRning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida tashkil etildi.
Taqdimotda 14-chaqiriq Umumxitoy qoʻmitasi Xalq siyosiy maslahatlashuv kengashining doimiy aʼzosi, Milliy va diniy ishlar boʻyicha komissiya boshligʻining oʻrinbosari, Xitoy inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha jamiyatining ijrochi vitse-prezidenti Szyan Szyango, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, XXRning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun, diplomatik korpus, ilmiy va akademik doiralar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Xitoy va Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi ekspertlari ishtirok etdi.
Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov maʼruza bilan ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar mazkur yangi nashr Xitoyning inson huquqlarini himoya qilish masalalariga oid konseptual yondashuvlarini ochib beruvchi manba sifatida muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar. Ushbu kitobning oʻzbek tilida nashr etilishi oʻzaro ilmiy maʼrifat almashish, davlatlararo muloqotni chuqurlashtirish va gumanitar hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi eʼtirof etildi.
Ilmiy-amaliy seminarda esa asosiy eʼtibor inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish, sohada tajriba almashish, gumanitar va akademik hamkorlik istiqbollariga qaratildi.
Tadbirda ikki mamlakatning akademik va ilmiy doiralari, davlat hokimiyati organlari vakillari, parlament aʼzolari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar namoyandalari ishtirok etdi.
Xitoy tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida mamlakatda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralarini yuqori baholadi. Ushbu saʼy-harakatlar mintaqaning barqaror rivojlanishi va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishi, davlatlar oʻrtasida oʻzaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Seminar ishtirokchilari inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy strategiyalarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar. Shuningdek, sohada malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ilmiy-maʼrifiy tashabbuslar, shuningdek, Oʻzbekiston va Xitoy universitetlari va ilmiy markazlari oʻrtasida qoʻshma tadqiqot loyihalari hamda akademik almashinuvlarni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Seminar yakunida tomonlar, jumladan, inson huquqlari sohasidagi zamonaviy tahdidlarni chuqur oʻrganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan qoʻshma forumlar, seminarlar va ekspert uchrashuvlarini tashkil etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Inson huquqlari masalalari boʻyicha tizimli muloqotni rivojlantirish Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi ishonch va uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati