2025-yil 21-avgust kuni Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida shaxsiy tarkib va tinglovchilar uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston–2030” strategiyasiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Ushbu oʻquv mashgʻulotida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Farrux Xakimov ishtirok etib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yoʻnalishlari hamda ushbu strategiya doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida maʼruza qildi.
Oʻquv mashgʻulotida asosiy eʼtibor Strategiyaning beshinchi – “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga qaratildi. Xususan, Oʻzbekistonning tashqi siyosatini xalq va davlat manfaatlari asosida izchil amalga oshirish, Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan doʻstona va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish, anʼanaviy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, transport-logistika yoʻlaklarini rivojlantirish orqali mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, Qurolli Kuchlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi aniq strategik vazifalar haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining inson qadrini ulugʻlash, farovon jamiyat va kuchli davlat barpo etishga qaratilgan, mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat sifatidagi ahamiyati ochib berildi. Taʼkidlanganidek, mazkur Strategiyada 100 ta asosiy maqsad orqali barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish, aholini sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish, ekologik muvozanatni saqlash, qulay va xavfsiz hayot sharoitlarini yaratish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish va samaradorligini oshirish kabi ustuvor vazifalarni hal etish nazarda tutilgan.
Tadbir davomida, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi hamda bu jarayonda Markaz tomonidan olib borilgan jamoatchilik nazoratining oʻrni va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.
Yakunda tinglovchilar Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati