• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

TURKIYA TAHLIL MARKAZLARI BILAN HAMKORLIK YANADA RIVOJLANADI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Turkiyaning Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamgʻarmasi (SETA) hamda Yunus Emre Turk madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari E.Tulyakov, markaz masʼullari hamda Turkiyaning Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamgʻarmasi vakili, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori Erman Akilli, Toshkentdagi Yunus Emre Turk madaniyat markazi koordinatori Ahmat O‘zkan ishtirok etdi.

Uchrashuvda turkiyalik ekspertlarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati hamda strategiya doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ularning xalqimiz hayotidagi amaliy natijalari, shuningdek, soʻnggi yillarda xalqaro munosabatlardagi Oʻzbekistonning faol va pragmatik tashqi siyosati, ilgari surilayotgan global taklif va tashabbuslari haqida maʼlumot berildi.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolik jamiyati instituti sifatida davlat va xalq oʻrtasida muloqot oʻrnatishdagi saʼy-harakatlari hamda ularning hayotimizdagi samaralari xususida soʻzlab berildi.

Muloqot davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Turkiyaning nufuzli tahlil markazi hisoblanadigan SETA jamg‘armasi bilan 2024-yilda imzolangan Anglashuv memorandumi asosidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, oʻzaro aloqalarni yanada kengaytirish, jumladan, qoʻshma dasturlar, loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Кelgusida amaliy hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati