Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” IV xalqaro forumi oʻtkazilmoqda.
Forum doirasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratish hamda natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsad qilingan.
Xalqaro tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kabi qator tashkilotlar, shuningdek, oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari qatnashmoqda.
Forum ochilish marosimida nutq soʻzlagan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov xalqaro tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilab, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash mamlakatning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanganini qayd etdi.
Markaz rahbarining taʼkidlashicha, mazkur yoʻnalish doirasida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, fiskal siyosatni takomillashtirish, sanoat va energetika salohiyatini oshirish, yashil iqtisodiyotni joriy etish, kapital bozorini kengaytirish, investitsiya siyosati va eksportni rivojlantirish, transport-logistika hamda turizm sohalarini ilgari surish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash kabi iqtisodiyotning barcha yoʻnalishlariga oid 2030-yilgacha amalga oshirilishi belgilangan muhim maqsad va samaradorlik koʻrsatkichlari nazarda tutilgan.
– Oʻz navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishini muntazam tahlil qilib, natijalarni jamoatchilikka yetkazib boradi. Bu borada Markazimizning BMT, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishi Strategiyani global barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygʻun ravishda baholash imkoni bermoqda.
Shu bilan birga, Markaz ekspertlari tomonidan Strategiyani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar ilmiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha ishlab chiqilayotgan amaliy takliflar davlat dasturlari hamda qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qilmoqda, dedi Eldor Tulyakov.
Mazkur forum dasturidan qator tadbirlar, xususan, 4 ta ilmiy-amaliy konferensiya va talabalar festivali oʻrin olgan. Tadbirlarda makroiqtisodiy barqarorlik, yashil iqtisodiyotda mehnat bozori, ekoturizm, yashil innovatsiyalar, shuningdek pul-kredit siyosati, investitsion jozibadorlikni oshirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi masalalar muhokama qilinadi. Shu bilan birga, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, biznes analitika, raqamli hukumat va iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish kabi sohalarga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Xalqaro forumda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Indoneziya, Fransiya, Malayziya, Misr, BAA, Xitoy, Pokiston, Latviya, Nigeriya, Rossiya, Hindiston, Ruminiya, Polsha, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Germaniya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Eron, Avstriya, Tojikiston kabi davlatlardan 30 dan ortiq xorijiy professor va olimlar maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Forumning 2-kunida akademik faoliyat, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlaridagi soʻnggi tendensiyalar, sanoat trendlari, bank-moliya, davlat xizmati, korporativ boshqaruv kabi sohalarning rahbarlari va amaliyotchilari ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkaziladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati