Toshkent shahridagi 110-umumtaʼlim maktabida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajak bunyodkorlari” shiori ostida navbatdagi “Direktor soati” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari, pedagoglar hamda oʻquvchi ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan davlat siyosati, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamda yosh avlodning intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularda fuqarolik masʼuliyati va Vatanga sadoqat tuygʻusini mustahkamlashdan iborat boʻldi. Deputatlar “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasining mazmun-mohiyati, davlat taraqqiyotida yoshlar ishtiroki va ularning faol fuqarolik pozitsiyasi haqida soʻz yuritdilar.
Shuningdek, tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshliqlari Toʻlqin Tursunov va Ilhom Joʻrayev ishtirok etib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari va maqsadlari haqida batafsil maʼlumot berishdi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda mazkur strategiya doirasida taʼlim, ilmiy izlanishlar va innovatsiya sohalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning xorijiy oliy taʼlim muassasalarida bilim olishi, dunyo tajribasini oʻrganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Shu bilan birga, taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatda yoshlar oʻrtasida oʻqishga, kasb-hunar egallashga boʻlgan qiziqish ortib, oʻquv muassasalaridagi sharoitlar zamon talablariga mos ravishda yangilanib, koʻrsatkichlar yil sayin yaxshilanib borayotganligi qayd etildi.
Tadbir jarayonida oʻquvchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Yoshlar oʻz fikr va takliflarini bildirdilar, mamlakat taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshish, ilm olish va zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish borasidagi intilishlarini bayon etishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar taʼlim tizimining barcha bosqichlarida imkoniyatlar tengligi taʼminlanayotgani, yoshlar uchun stipendiyalar, grant dasturlari, xorijiy tajribalarni oʻrganish imkoniyatlari kengayayotgani haqida yangi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati