“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Turin politexnika universitetida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatishga oid vazifalarning ahamiyati” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yoʻnalishlar, ularning mazmun-mohiyati, shuningdek, mazkur vazifalarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy rivojlanishida tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, strategiyada belgilangan maqsadlar – yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish hamda innovatsion gʻoyalarni tatbiq etish kabi vazifalarning mamlakat barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyati yuzasidan oʻz fikrlarini bayon etdi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat taraqqiyotidagi muhim jihatlariga toʻxtalib, yillar ketma-ketligida erishilgan natijalar tahlil qilib berildi.
Shu bilan birga, strategiya nafaqat davlat organlari, balki jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, yoshlar, tadbirkorlar, taʼlim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida amalga oshirilishi zarurligi qayd etildi.
Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyev oʻz soʻzida yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga oʻrgatish, innovatsion gʻoyalarni ragʻbatlantirish hamda universitet va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr yuritdi.
Seminarda talabalar va mutaxassislar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazilib, yoshlarning taklif va gʻoyalari tinglandi. Tadbir ishtirokchilari “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yoshlar faolligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.
Seminar doirasida markaz tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi”, “Oʻzbekiston islohotlarining natijalari raqamlarda”, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishi infografik tahlili” kabi qator toʻplam va tarqatma materiallari universitet jamoasiga topshirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati