“Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish”ga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tegishli vazirlik va idoralari, nodavlat tashkilotlar masʼul xodimlari bilan birgalikda Latviyaning “BrainGain Latvia” nodavlat notijorat tashkiloti aʼzolari, jumladan boshqaruv aʼzosi Girts Smelters va tashkilot hamasoschisi Yuris Baums ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati, jumladan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonlarini monitoring va tahlil qilishdagi asosiy vazifalar, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi ustuvor maqsadlar haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, latviyalik ekspertlar tomonidan Latviyaning vatandoshlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish va mustahkamlash borasidagi milliy tajribasi taqdim etildi.
Xususan, mamlakat fuqarolarining reemigratsiya jarayonlari bilan bogʻliq asosiy muammolar, bu borada hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan institutsional chora-tadbirlar hamda diaspora bilan hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida “BrainGain Latvia” tashkiloti faoliyatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tashkilotning Latviyaga qaytgan yoki qaytishni rejalashtirayotgan vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha amalga oshirayotgan loyihalari, shuningdek, latviyalik diaspora bilan aloqalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy tajribalari ishtirokchilarga taqdim etildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar vatandoshlar va xorijdagi diaspora bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi tajribalar bilan oʻzaro oʻrtoqlashdilar. Yakunda kelgusidagi istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari, jumladan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati