“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Oʻzbekistonda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Hindiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy kolleji vakillari uchun “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga tushuntirishga qaratilgan taqdimot oʻtkazildi.
Taqdimotda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Bunyod Tillaxoʻjayev kelgusi yillarda mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi. Hujjatning beshinchi yoʻnalishi – “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur strategiya mamlakatning tashqi siyosatini xalq va davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi yoʻnalishda izchil davom ettirishni nazarda tutadi. Unda sheriklar bilan anʼanaviy, oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish kabi muhim maqsadlar doirasida oʻnlab vazifalar belgilab olingan. Shu bilan birga, jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsad qilingan.
Tadbir davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonida jamoatchilik nazoratining ahamiyati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining mazkur yoʻnalishdagi vazifalari haqida ham toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuv yakunida Markaz vakili xorijlik harbiylarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shundan soʻng, Hindiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy kolleji tinglovchilari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar haqida oʻz taassurotlarini bildirishdi. Ular “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat rivoji va istiqboli uchun muhim hujjat ekanini eʼtirof etishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati