O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokamada davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, “Yuksalish” harakati, Progressiv islohotlar markazi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi, Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, “O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, “EKOLOG” jamoat birlashmasi, shuningdek, hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so‘zga chiqdi. Taʼkidlanganidek, ushbu Konsepsiya “Yangi O‘zbekiston” islohotlarining mantiqiy davomi sifatida ochiqlik, shaffoflik, hisobdorlik va fuqarolar ishtirokini taʼminlaydigan zamonaviy davlat boshqaruvi modelini shakllantirishni maqsad qiladi.
2016-yildan buyon amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, 2023-yilgi Konstitutsiyaning qabul qilinishi, raqamli jamiyat rivoji hamda BMT, OECD, YEXHT kabi xalqaro tashkilotlar tavsiyalari fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni strategik vazifaga aylantirdi. Shu bois Konsepsiyaning qabul qilinishi bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib, uning bosh maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali insonparvar, ochiq va hisobdor davlat boshqaruviga erishishga qaratilgan. Hujjat taʼlim, ijtimoiy himoya, ekologik siyosat, tadbirkorlik, inson huquqlari va gender tengligi kabi sohalarda davlat-jamiyat sherikligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
– Konsepsiyada nodavlat notijorat tashkilotlari uchun qulay huquqiy va institutsional muhit yaratish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish, davlat dasturlari va strategiyalarini ishlab chiqish jarayonlariga NNTlarni jalb etish, inson huquqlari madaniyatini rivojlantirish, raqamli fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi ustuvor tashabbuslar aks etishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, – dedi Eldor Tulyakov. – Shundan kelib chiqib, Konsepsiyaning samarali amalga oshirilishi biz kutgan qator natijalarni berishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, har bir davlat organi, jumladan, mahalliy bo‘g‘inlarda NNTlar bilan ishlash bo‘yicha samarali amaliyot va platformalar shakllanadi. Davlat dasturlari va strategiyalarini ishlab chiqishda NNTlar ishtirokining aniq institutsional mexanizmi yaratiladi. Davlat byudjeti muhokamalarida fuqarolik jamiyati ishtiroki kengayadi hamda to‘liq ochiq maʼlumotlar ekotizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, NNTlarning ijtimoiy loyihalardagi ulushi oshadi.
Qayd etilganidek, fuqarolik jamiyati — bu jamoatchilik fikri, fuqarolar faolligi va davlatning hisobdorligiga asoslangan siyosiy tizimdir. Qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Konsepsiya “ochiq davlat — faol fuqaro” modelini shakllantirishda, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tadbirda asosiy eʼtibor O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini respublika miqyosida NNTlar bilan keng muhokama qilish, ularning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda konsepsiyani takomillashtirish hamda davlat va jamiyat hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Konsepsiya loyihasi mamlakatda davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan bo‘lib, bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) faol ishtirokchi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. NNTlar jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etish, ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish va aholi fikrini davlat qarorlarida aks ettirishda asosiy o‘rin tutadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan jamoatchilik kengashlari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, NNTlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, davlat grantlari tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning fuqarolik jamiyatidagi faolligini oshirish kabi masalalar muhokama etildi.
Shu bilan birga, muhokama jarayoni NNTlar faoliyatidagi muammo va ehtiyojlarni aniqlash, ularning huquqiy va institutsional salohiyatini oshirish uchun amaliy takliflarni ishlab chiqishga zamin yaratadi. Tadbir jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, hamkorlik madaniyatini rivojlantirish va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan jamoat tashkilotlari, davlat organlari va boshqa fuqarolik institutlari o‘rtasida samarali muloqot va hamkorlik platformasini shakllantirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyada NNTlarning o‘rni, vazifalari va masʼuliyatini aniq belgilash, konsepsiyani amalga oshirish jarayonida shaffoflik, hisobdorlik va jamoatchilik ishtirokini taʼminlash, shuningdek, qabul qilinishi ko‘zda tutilgan mazkur hujjatning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini baholashga xizmat qiladigan amaliy taklif va mexanizmlarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar ilgari surildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati