Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan suhbatda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi taraqqiyot yoʻlining strategik ahamiyati hamda Xitoy–Oʻzbekiston munosabatlarining bugungi yuksak darajasi haqida fikr bildirdi. Elchi Yuy Szyun mamlakatni modernizatsiya qilishda milliy voqelikka tayanish, inson manfaatlarini ustuvor qoʻyish va ochiq, oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yondashuvni Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim omillari sifatida taʼkidlab, ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikning istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.
– Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosati dono va kuchli. Koʻrib turibmiz, muhtaram Prezident oʻz xalqini chin dildan sevadi. Shuning uchun aholini tashvishga solayotgan barcha masalalarni, birinchi navbatda, taʼlim, bandlik, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot sohalarini hal etish boʻyicha amaliy qadamlar qoʻymoqda. Muhtaram Prezident davlat boshqaruvida uzoqni koʻzlovchi strategik qarashlarga ega. U mamlakatning uzoq istiqboldagi barqarorligi va izchil rivojlanishini inobatga olgan holda siyosatni shakllantirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari bilan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi dunyo yuzini koʻrdi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezident milliy qadriyatlarni shakllantirish va boyitishga katta eʼtibor qaratib, anʼanaviy madaniyatni rivojlantirish va xalqni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ulkan saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada yaxshi qoʻshnichilik va doʻstlikni mustahkamlashga hissa qoʻshmoqda hamda xalqaro maydonda qator konstruktiv tashabbuslarni ilgari surib, mintaqaviy va global boshqaruvni takomillashtirishni barcha saʼy-harakatlari bilan qoʻllab-quvvatlamoqda.
Ikkinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosati oʻzining aniq natijalarini berdi va bermoqda. Mamlakat iqtisodiyoti tobora ochiq va energiyaga toʻla boʻlib bormoqda, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi tobora koʻproq xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqda, yalpi ichki mahsulotning barqaror oʻsishi kuzatilmoqda va bu koʻrsatkich joriy yilda katta ehtimol bilan 140 milliard dollardan oshishi mumkin. Shuningdek, aholining turmush darajasi izchil oʻsib, kambagʻallik chegarasidan pastda yashovchi aholi ulushi 17 foizdan taxminan 6 foizga kamaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda “Oʻzbekistondagi islohotlar davrining bosh meʼmori” hisoblanadi. U oʻziga xos yetakchilik va shaxsiy fazilatlarga ega boʻlib, Oʻzbekistonni toʻgʻri va yorqin taraqqiyot yoʻlidan olib bormoqda.
Uchinchidan, har bir mamlakat taraqqiyoti milliy voqelikka tayanishi kerak. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, dunyoda modernizatsiyalashning yagona modeli va barcha mamlakatlar uchun islohotlarning universal andozasi mavjud emas. Har bir davlatning taraqqiyoti, eng avvalo, uning siyosati milliy voqelikka qanchalik mos kelishiga, xalqning orzu-intilishlariga, zamon talablariga qanchalik javob berishiga bogʻliq. Davlat boshqaruvining samaradorligi haqida esa oʻz xalqi hammadan koʻra yaxshiroq xulosa chiqaradi.
Taʼkidlash joizki, Xitoy va Oʻzbekiston modernizatsiya jarayonida oʻxshash rivojlanish yoʻlini bosib oʻtmoqda, davlat boshqaruvi masalalarida umumiy qarashlar mavjud. Ikki davlat ham ochiq, inklyuziv va oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni ilgari surgan holda, insonga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida oʻzining mustaqil va erkin rivojlanish yoʻlini topdi.
Toʻrtinchidan, Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlari oʻz tarixidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmoqda. Yetakchilarimiz rahnamoligida keyingi yillarda Xitoy va Oʻzbekiston davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning bir qator kitoblari Oʻzbekistonda tarjima qilinib, nashr etildi, Prezident Mirziyoyev ushbu asarlarning oʻzbek tilidagi nashrlariga soʻzboshi yozdi. Xitoy har yili mingdan ortiq oʻzbekistonlik mutaxassislarni turli seminar va kurslarda ishtirok etish uchun taklif qiladi. Tomonlar “yashil” taraqqiyot, sunʼiy intellekt, zamonaviy qishloq xoʻjaligi, kambagʻallikni qisqartirish sohalarida faol tajriba almashmoqda.
Yaqinda XX chaqiriq Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining IV plenumi muvaffaqiyatli oʻtkazilib, unda Oʻn beshinchi besh yillikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi. Kelgusi besh yilda Xitoy iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishni davom etib, bundan buyon ham Oʻzbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan rivojlanish imkoniyatlarini baham koʻradi, “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini yuqori darajada ilgari suradi va oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi.
Xitoy tomoni Oʻzbekiston bilan birgalikda Oʻn beshinchi besh yillikning “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi bilan bogʻliqligini chuqurlashtirishga, ikki davlatning birgalikda gullab-yashnashi hamda Xitoy va Oʻzbekistonning yagona taqdir hamjamiyatini yaratishga intilib, ikki tomonlama hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga tayyor.