2025-yil 17-dekabr kuni Islomobod shahrida Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Mintaqaviy tadqiqotlar instituti (Institute of Regional Studies, IRS) bilan hamkorlikda atoqli siyosatshunos Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Yangi Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev yoʻli” kitobining ingliz tilidagi nashri taqdimot marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Pokiston Prezidentining Matbuot kotibi Murtazo Salangi, Pokiston vazirlik va idoralari rahbarlari, parlament palatalari aʼzolari, Islomoboddagi oʻndan ortiq xorijiy elchilar, diplomatik korpus vakillari, biznes va ilmiy-akademik doiralar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, Islomobod va unga tutash hududlarda yashovchi vatandoshlar ishtirok etdi.
Taqdimotda Oʻzbekistondan Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va boshqalar qatnashdi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar mavzuidagi videoroliklar namoyish etildi. Taqdimotni Oʻzbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi elchisi Alisher Toʻxtayev ochib berdi.
Qayd etilganidek, ushbu kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi yurtimizda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar jarayoni, iqtisodiyotni liberallashtirish, kambagʻallikni qisqartirish, tashqi siyosat, madaniy diplomatiya va mintaqaviy integratsiya kabi masalalar batafsil yoritilgan. “Oʻzbekiston rahbarining “islohotlar statistika uchun emas, inson qadri, shaʼni va kelajagi uchun” ekani haqidagi tamoyiliga tayangan holda yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasini hayotga tatbiq etish amaliy strategiyaga aylangani, raqamli iqtisodiyot, “yashil” energetika, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi yutuqlar chuqur tahlil etilgan.
Pokiston Prezidentining Matbuot kotibi Murtazo Salangi Oʻzbekistonning ijobiy oʻzgarishlari va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik salohiyati haqida gapirdi.
– Oʻzbekiston – ajoyib mamlakat. Mamlakatlarimizni, xalqlarimizni oʻzaro bogʻlab turgan rishtalar juda koʻp. Oʻzbekiston – Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlarimiz cheksiz. Yaqinda Oʻzbekistonga tashrif buyurdim va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalariga bevosita guvoh boʻldim. Men Oʻzbekistonning oʻzgarib borayotgan qiyofasini taʼlimda ham, sogʻliqni saqlashda ham, infratuzilma va boshqaruv tizimida ham koʻrdim, – dedi Pokiston Prezidentining Matbuot kotibi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz chiqishida keyingi yillarda Oʻzbekistonda davlat va jamiyat munosabatlarini tubdan qayta shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilganini qayd etdi. U “Yangi Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev yoʻli” kitobining aynan shu jarayonlarni tizimli tahlil qilib, mamlakat taraqqiyotining yangi modeli shakllanayotganini ochib berishdagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
– Islohotlarning asosiy yoʻnalishi inson qadrini davlat boshqaruvining bosh tamoyiliga aylantirishdir. Konstitutsiyaviy va huquqiy yangilanishlar orqali davlatning legitimligi fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻlandi. Davlat idoralari faoliyatida “fuqaroga xizmat qilish” tamoyili ustuvor boʻldi. Siyosiy islohotlar fuqarolar ishtirokini institutsional darajaga olib chiqdi. Xalq qabulxonalari, virtual murojaat platformalari, qonun loyihalari boʻyicha jamoatchilik muhokamalari va “Ochiq budjet” mexanizmlari orqali aholi davlat qarorlarini qabul qilish jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati va ochiq axborot muhitining roli kuchaydi. Nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar jamoatchilik nazoratini kengaytirib, davlat faoliyatida shaffoflikni oshirmoqda. Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosat islohotlarning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlamoqda. Shuningdek, hisobdorlikni kuchaytirish maqsadida sud-huquq tizimi, parlament va mahalliy vakillik organlarining nazorat vakolatlari bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda. Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy institutlar faoliyati mustahkamlandi, – dedi Eldor Tulyakov.
Shuningdek, IRS prezidenti Jovxar Salim “Yangi Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev yoʻli” kitobi Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarning yangi davriga mos boʻlganini va u respublika taraqqiyot yoʻlini oʻzida tahliliy aks ettirganini qayd etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati