Ommaviy axborot vositalari uchun Kontent tayyorlash markazida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasining jamoatchilik muhokamasi jarayonlari boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Ekspertlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari masʼullari, OAV vakillari va jurnalistlar qatnashgan tadbirda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori B.Rahmatov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov, “Yuksalish” harakati raisi B.Bekmurodov, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari Z.Xoldorovlar soʻzga chiqdi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qayta koʻrib chiqishni taqozo etayotgani, mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor boʻlgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtirilishi zarurligini taʼkidlagan edilar.
Darhaqiqat, 2023-yilda qabul qilingan bu dasturiy hujjat barcha soha va tarmoqlarda ulkan natijalarga zamin boʻlib kelmoqda. Kambagʻallik darajasi 11 foizdan 6,8 foizga, ishsizlik 6,8 foizdan 4,9 foizga tushdi, yalpi ichki mahsulot hajmi 103 mlrd dollardan 145 mlrd dollarga yetdi, eksport hajmi 25 mlrd dollardan 33,4 mlrd dollarga, xorijiy investitsiyalar hajmi 17 mlrd dollardan 43 mlrd dollarga oshdi, xorijiy turistlar soni 6,6 mlndan 8,6 mln nafarga, maktabgacha taʼlim qamrovi 72 foizdan 78 foizga, oliy taʼlim qamrovi 42 foizga, Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan davlatlar soni 144 tadan 164 taga yetdi.
Ikki yil oldin 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsadi qoʻyilgan edi. Endi bu marraga 2026-yilning oʻzida erishilishi kutilmoqda. Murojaatnomada kelgusi besh yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240 milliard dollardan oshirish imkoniyati borligi taʼkidlandi. Yaʼni barcha sohalar boʻyicha yuqori marralar olinyapti.
2023-yilda aholimiz soni 36,7 mln nafarni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2030-yilga borib 41 mlnga yetishi prognoz qilinmoqda. Har bir yangi maqsadni ushbu oʻsishni inobatga olib belgilash bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi.
Bundan tashqari, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda tendensiyalar va dinamika oʻzgaryapti. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt, aholi ehtiyojlari ham yangi qadamlarni, aniq rejalarni kun tartibiga qoʻyyapti.
Ushbu oʻzgarish va natijalarni hisobga olib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. Bu borada mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ilmiy markazlarning 350 nafardan ortiq vakillari ishtirokida Strategiyadagi barcha 444 ta samaradorlik koʻrsatkichi bugungi kun nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqildi.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori B.Rahmatov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasini takomillashtirishning qator jihatlariga toʻxtalib oʻtdi.
– Barcha koʻrsatkichlar belgilab olinayotgan yangi va yuqori marralarga moslashtirildi va toʻldirildi. Bunda yurtdoshlarimizga munosib sharoit yaratadigan, har bir inson va oila hayotida seziladigan maqsadlarga erishilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Barcha koʻrsatkichlar oʻlchanadigan, yaʼni, son shaklida (foiz, ulush, daraja, hajm, nisbat, ball, indeks) boʻlishi qatʼiy belgilandi. Hisoblab yoki baholab boʻlmaydigan, umumiy vazifa, topshiriq va “shior” koʻrinishidagi koʻrsatkichlar chiqarib tashlandi. Shuningdek, barcha samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi 2030-yilgacha emas, balki har bir yil boʻyicha yillar kesimida taqsimlandi. Strategiyada 60 taga yaqin davlat organlariga tegishli samaradorlik koʻrsatkichi belgilandi va samaradorlik koʻrsatkichiga erishishning moliyaviy manbalari aniq koʻrsatildi. Endi soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirishga doir konsepsiya va strategiyalar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq holda ishlab chiqilishi qatʼiy belgilanadi. Jumladan, keyingi yil 50 tadan ziyod shunday konsepsiya (4 ta), soha va tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalari (38 ta) hamda har bir hududni rivojlantirish strategiyalarini (14 ta) qabul qilish rejalashtirilgan. Umuman, Strategiyadagi samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish barcha darajadagi tashkilotlarning eng ustuvor vazifasi hisoblanadi, – dedi B.Rahmatov.
Matbuot anjumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilishi, unda belgilangan vazifalarning yangilanishi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligida muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Strategiya loyihasining muhokamasida keng jamoatchilikning faol ishtiroki belgilanayotgan vazifalarning yanada mukammal va xalqchil boʻlishini taʼminlashiga eʼtibor qaratdi.
– Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida muayyan yutuqlarga erishildi, bir vaqtning oʻzida esa hayotning oʻzi yangi vazifalar, yangi talablar va yangi chaqiriqlarni kun tartibiga qoʻymoqda. Shu bois strategiyani mavjud real sharoit, jamiyat ehtiyojlari hamda jadal oʻzgarayotgan global tendensiyalardan kelib chiqqan holda takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda. Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsadi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan gʻoyani amaliy mazmun bilan boyitgan holda, mamlakatning oʻrta muddatga moʻljallangan rivojlanish yoʻlini yanada samarali, natijaga yoʻnaltirilgan va hisobdor tizim asosida davom ettirishdir. Shu nuqtayi nazardan, amaldagi strategiya doirasida erishilgan natijalar chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar hisobga olinmoqda hamda aniq oʻlchash va baholash imkonini taʼminlash uchun samaradorlik koʻrsatkichlari qayta koʻrib chiqilmoqda. Yana bir eng muhim jihat — ushbu strategiya Vatan taraqqiyotiga daxldorlik nuqtayi nazaridan har bir yurtdoshimizning qalbigacha kirib borishi zarur. Har bir fuqaro loyiha bilan tanishar ekan, “Bu hujjat menga nima naf beradi?”, “U mening hayotimni qanday oʻzgartiradi?”, “Oilam, farzandlarim va kelajagim uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?” degan savollarga aniq javob topa olsin va shundan kelib chiqib, oʻz fikr va mulohazalarini kiritsin. Ana shunda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi har bir inson hayotida seziladigan, kundalik turmushimizga taʼsir qiladigan aniq oʻzgarishlar manbai boʻla oladi, – dedi Eldor Tulyakov.
Anjuman davomida takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishi, unga oʻz taklif va mulohazalari bilan ishtirok etish boʻyicha maʼlumot berildi.
Matbuot anjumani yakunida masʼullar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati