“Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ekspertlar, OAV vakillari va jurnalistlar qatnashgan tadbirda Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi vakillari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mas’ul xodimlari qatnashdi.
Matbuot anjumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilishi, unda belgilangan vazifalarning yangilanishi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, faol va pragmatik tashqi siyosat va mudofaa salohiyatini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Anjuman davomida Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi, matbuot kotibi Axror Burxanov yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish, ochiq, pagmatik va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining beshinchi yo‘nalishi 90 - maqsadi – “Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish”ni nazarda tutadi. Takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining har bir maqsadi bo‘yicha alohida indikatorlar, maqsadli ko‘rsatkichlar, raqam, foiz va boshqa ko‘rsatgichlarda belgilanmoqda. Xususan, takomillashayotgan Strategiyaning 90-maqsadi doirasida konsullik xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini kesuikn oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 91-maqsad doirasida esa Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 15 milliard dollarga yetkazish belgilanayotganini ta’kidladi.
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bekzod Shukurov millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish yo‘nalishida ham aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va samaradorlik indikatorlari bilan takomillashtirilayotganiga e’tibor qaratdi.
Kelgusi besh yillikda vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar soni amaldagi 100 ta emas, balki 150 taga yetkazish, vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar sonini esa 150,000 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, ta’lim xorijiy tillarda olib boriladigan davlat ta’lim muassasalari kutubxonalarida o‘zbek adabiyoti tarjima asarlari qamrovini 60 mingtaga yetkazish, xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari sonini 62 taga hamda birodarlashgan shaharlar sonini 120 taga yetkazish rejalashtirilayotganini qayd etdi.
Tadbirda so‘z olgan Mudofaa vazirligining Bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Hasan Xalilov takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga oid maqsadlarda belgilanayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib berdi.
Yakunda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati